Buxoro tumanidagi savdo do‘konida yong‘in chiqdi. Bu haqda Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun soat 12:16 da Buxoro tumani Xonabod mahallasi Qumrabod qishlog‘ida joylashgan qurilish mollari savdo do‘konida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in oqibatida savdo do‘konining taxminan 40 kvadrat metr maydonida shiftning plastik qoplamalari yongan.
Voqea joyiga 2 ta yong‘in qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Olov soat 12:40 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan yoki tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanayotgani bildirilgan.
Oldinroq Samarqandda sodir bo‘lgan yong‘inda beshta xonadon jiddiy zararlangani xabar qilingandi.