Hayvonlar orasida eng tez uchuvchi jonivor nomi o‘zgardi

Foto: MPI
Maks Plank nemis jamiyatining Ornitologiya Instituti olimlari o‘tkazgan yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, hayvonlar orasida eng tez uchuvchilar maqomi qushlarga emas, balki sut emizuvchilarga tegishlidir.
Bundan avval, gorizontal parvozda tez uchish rekordi qushlarga tegishli deb hisoblab kelinardi. Aniqrog‘i, qora moyxo‘rak (chumchuqsimonlar oilasi vakili)ning tezligi soatiga 110 kmni tashkil etadi. Bu raqam 1950 yillarda aniqlangan. Biroq, amerikalik hamkorlar bilan birgalikda tadqiqot o‘tkazgan germaniyaliklar ajoyib aerodinamika va boshqa qushlarga qaraganda birmuncha uzunroq qanotga ega bo‘lgan Braziliya ko‘rshapalagi gorizontaliga soatiga 160 kilometrgacha parvoz qila olishini aniqlaganlar.
Uning tezligini aniqlash maqsadida ornitologlar ko‘rshapalaklarga radiosignallarni uzatuvchi mitti qurilmalarni o‘rnatishgan va signallar maxsus dronlar yordamida qabul qilingan.
«Dastlab biz ishona olmadik: ba'zan ko‘rshapalaklarning 11-12 gramm keladigan urg‘ochisi soatiga 160 km tezlikda parvoz qildi. Bu gorizontal parvozdagi yangi rekord edi», — deb izohlagan tadqiqot hammuallifi Kamron Safi.
Mavzuga oid

13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam

14:18 / 01.03.2025
Olimlar Marsda qumli sohillarga ega bo‘lgan okean izlarini topdi

15:11 / 27.02.2025
Olimlar 1-tur diabetni butunlay davolash yo‘lini topdi

17:02 / 26.02.2025