AQShda saylovlardan keyin stressni bartaraf etish uchun antiqa "budka" paydo bo‘ldi
Nyu-Yorkda CBS telekanali teleboshlovchisi Stiven Kolber mamlakatda o‘tgan prezidentlik saylovlaridan keyin stressni baqirib bartaraf etish uchun "baqirish uchun budka" o‘rnatdi. Bu holat The Late Show with Stephen Colbert dasturining feysbukdagi sahifasida efirga uzatildi.
Ta'kidlanishicha, istalgan odam budkaga kirib, saylovlar davomida o‘zida yig‘ilib qolgan salbiy tuyg‘ularni baqirish bilan tashqariga chiqarib yuborishi mumkin bo‘lgan.
Tadbir saylovdan keyin tuni bilan davom etgan. Budka oldida kamera o‘rnatilgan. Ta'kidlanishicha, "baqiriqlar" translyatsiyasi 2 mln ga yaqin namoyish yiqqan.
Mavzuga oid

08:13
AQSh G7 yig‘ilishida Rossiyaga qarshi ritorikadan qochishga chaqirdi

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40 / 10.03.2025