Rossiyada bug‘doy hosili bo‘yicha so‘nggi 38 yil ichidagi eng yaxshi ko‘rsatkich qayd etildi

Iqtisodiyot 17:48 / 08.11.2016 7067

Rossiya 2016 yilda don va dukkakli ekinlardan 117 million tonna hosil to‘pladi. Bundan tashqari, bu miqdor so‘nggi 38 yil ichida eng katta ko‘rsatkich bo‘ldi. Bu haqda Rossiya qishloq xo‘jalik vaziri Aleksandr Tkachev ma'lum qilgan.

"Rossiya 117 million tonna hosil to‘pladi va bu so‘nggi 38 yil ichida qayd etilgan eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi. Mamlakatda 1978 yili 127 million tonna hosil yig‘ib olgan edi", — deb eslatdi u.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, “bunday natijaga bu yil 60 foizga (1 gektardan 17 sentner o‘rniga, 1 gektardan 27 sentner) ko‘paygan hosildorlik orqali erishilgan. Ekin maydonlari esa 74 million gektardan 47 million gektarga qisqartirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: