Misr neft mahsulotini xalqaro bozordan xarid qiladi

Iqtisodiyot 15:38 / 08.11.2016 4787

Misr arab respublikasi Saudi Aramco kompaniyasining mahsulotlari o‘rnini to‘ldirish maqsadida xalqaro bozorga chiqishni rejalashtirayapti, deb bayonot bergan Misr neft vaziri Toriq al Molla jurnalistlar bilan uchrashuvida. 

"Biz xalqaro bozorga chiqamiz. Bizning qarorimiz narx va imkoniyatlarga bog‘liq. Bu bozor… Biz Misr va xalqi manfaatlari uchun mahsulot yetkazib beruvchini qidiramiz", — degan neft vaziri Saudiya Arabistonining Saudi Aramco kompaniyasi bilan bog‘liq vaziyatga baho berar ekan. 

Toriq al Mollaning so‘zlariga ko‘ra, shu paytga qadar, Saudi Aramco kompaniyasi Misr ehtiyojlarining uchdan birini qoplab kelgan. Garchi u shartnomalar muddati borasida aniq fikrni bildirmagan bo‘lsa-da, bitimga taklif etilajak shartlar ijobiy ta'sir ko‘rsatishini ta'kidlagan. 

"Biz yirik iste'molchimiz va dunyoning barcha mamlakatlaridagi ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilamiz. Bizda bozordan bizga zarur bo‘lgan narsani xarid qilish borasida cheklov yo‘q", — deb ta'kidlagan Misr vaziri. 

Uning aytishicha, Misr bir necha yillardan beri "Rosneft"dan neft xom-ashyosini xarid qiladi. 

Misr neft vazirligi Saudiya Arabistoni noma'lum muddatga neft yetkazib berishni to‘xtatganini tasdiqlagan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: