Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqda IShID jangarilari turmush tarzi qoidalari yozilgan materiallar topildi

Foto: CBC
Iroqning IShID terrorchilik guruhidan ozod qilingan hududlarida harbiylar jangarilar turmush tarzi qoidalari yozilgan bosma materiallarni aniqlashdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bosma materiallar savol va javob ko‘rinishidagi qoidalar tarzida taqdim qilingan. Jumladan, materiallarda terrorchilik guruhi a'zosi qanday to‘g‘ri ibodat qilishi, tashqi ko‘rinishning qanday talablariga amal qilishi haqida gapirilgan. Qoidalarda IShID jangarilariga kalta shimlar kiyishga ruxsat berilgan. Shuningdek, qirib tashlanishi ruxsat berilmaydigan soqollar "durust uzunlikda" bo‘lishi ta'kidlangan.
Muqovasida zargarlik buyumlari va bug‘doy tasviri tushirilgan kichik kitobchada qanday qilib xayr-ehson qilish haqida ham tushuncha berilgan. Unda muntazam ravishda xayr-ehson qilmaydiganlarni jazo kutishi aytilgan.
Bundan tashqari, jangarilarni internet yoki mobil aloqadan foydalanish ishtiyoqidan qaytarish uchun IShID rahbariyati tomonidan "Men sun'iy yo‘ldosh antennasini nima uchun yo‘q qilishim kerak" deb nomlangan kitobcha chop etilgan bo‘lib, unda buning 20 ta sababi keltirilgan. Xususan, ularda "yo‘ldoshli aloqa kanallari yalang‘och ayollar, ishqiy munosabatlarni ko‘rsatishi, ular orqali ko‘rsatiluvchi ko‘rsatuvlarda nomaqbul so‘zlar ishlatilishi" aytilgan.
Ma'lum qilinishicha, kitobdagi "hayot qoidalariga" amal qilmaslik qoidabuzarlikning og‘irligiga qarab ommaviy jazolash yoki qatl etish bilan jazolanishi aytilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

19:10 / 04.07.2025
IShID va ash-Shar’aning maqsadlari ayro, Suriyadagi o‘zbeklar-chi?

11:24 / 02.06.2025
Turkiya va Pokiston razvedka xizmatlari IShID yetakchilaridan birini qo‘lga oldi

20:56 / 30.05.2025
Suriyada IShID faollashgani ma’lum bo‘ldi

21:21 / 14.03.2025