Jahon | 00:46 / 05.11.2016
5075
2 daqiqa o‘qiladi

Iordaniyada halok bo‘lgan amerikalik harbiylar soni 3 nafarga yetdi

Pentagonda Iordaniya poytaxti Amman yaqinidagi mashg‘ulot bazasida yuz bergan voqea oqibatida halok bo‘lgan amerikalik harbiylar soni 3 nafargacha oshgani tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ma'lum qilinishicha, baza qo‘riqlash xizmati bilan chiqqan nizoda jiddiy jarohatlar olgan ikki nafar amerikalik harbiy instruktor halok bo‘lgan. 

"AQShning uch nafar harbiysi Iordaniyadagi voqea oqibatida halok bo‘ldi. Ikki yaralangan harbiy Ammandagi shifoxonaga yetkazilganlar va u yerda jon berganlar", deb aytdilar Pentagon vakillari va dastlab bir harbiy halok bo‘lgani, ikki harbiy yaralangani ma'lum qilinganini qo‘shimcha qilishdi. 

Voqea Al-Jafr aholi punktidagi harbiy bazada yuz bergan. Ma'lumotlarga ko‘ra, amerikalik instruktorlar bo‘lgan avtomobil baza qo‘riqlash xizmatining to‘xtash talabiga bo‘ysunmay, baza hududiga kirmoqchi bo‘lgan. Shundan keyin tomonlar orasida otishma chiqqan. Otishmada bir nafar iordaniyalik zobit ham yaralangan.  

 

Mavzuga oid