Starbucks faoliyatida rekord darajadagi foyda va daromad qayd etildi

Iqtisodiyot 14:54 / 04.11.2016 5260

Starbucks korporatsiyasi rekord darajadagi moliyaviy ko‘rsatkichlar haqida ma'lum qildi. 2016 moliyaviy yil bo‘yicha (2 ok­tyab­rda tugadi) dunyodagi yirik qahva tarmog‘ining sof foydasi 2,8 mlrd dol­la­rni tashkil qildi. Bu esa o‘tgan ko‘rsatkichga nisbatan 2,2 foizga ko‘proq, deb aytiladi kompaniya hisobotida. 

Kompaniya daromadi rekord darajada 11,2 foiz — 21,3 mlrd dol­la­rga oshgan. Ope­ra­tsi­on­ foyda esa ­16 foiz — 4,2 mlrd dol­la­rga ko‘paygan. Aktsiya foydasi esa 4 foizga oshib, o‘tgan moliyaviy yilga nisbatan 1,90 dollarni tashkil etdi. 

Hisobot davrida Starbucks 2042 yangi qahvaxona ochdi. Ular orasida Kam­boja, Qozog‘iston, Lyuk­sem­bur­g, An­dor­ra, JAR, Slo­va­kiya, Tri­ni­dad va To­ba­goda ilk marotaba ishga tushgan nuqtalar ham bor. Kompaniya savdosi butun dunyo bo‘ylab o‘rtacha 5 foizga, jumladan, Amerikada — 6 foiz, Osiyoda va Xitoyda — 3 foizga  o‘sdi.

IV mavsum yakunida Starbucks sof foydasi yillik ko‘rsatkich bo‘yicha 22,8 foiz — 801 mln dol­la­rga ortgan. Kompaniya daromadi 16,2 foiz — 5,711 mlrd dol­la­rga oshgan. Starbucks aksiyalardagi foydasi esa o‘tgan yildagi 0,43ga nisbatan joriy yilda 0,54 dollarni tashkil etdi.

IV mavsumda kor­po­ra­tsiya 690ga yaqin yangi kafelar ochdi. Ularning umumiy soni 2016 yilning 2 oktabrdagi holatiga ko‘ra, 75 mamlakatda 25 085tani tashkil qiladi. 

«Starbucks uchun 2016 yil IV mavsum eng daromadli davr bo‘ldi. Biznesimiz kuchi va holati investitsiya qilish va aksionerlarimizga faqatgina 2016 moliyaviy yil yakuni bo‘yicha rekord darajasidagi 3,2 milrd dollarni to‘lashga imkon beradi», — deydi qahvaxona tarmog‘i rahbari Go­vard Shults.

Ko‘proq yangiliklar: