MDHdan tashqari barcha mamlakatlarda Adidas'ning daromadi ko‘paymoqda

Iqtisodiyot 15:47 / 04.11.2016 6540

Adidas 2016 yilning III choragi uchun moliyaviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisobot berdi. Unga ko‘ra, kompaniyaning MDH davlatlaridan tashqari barcha mamlakatlardagi daromadi 10 foizdan ortiqqa oshgan. Bu haqida Insider Pro nashri ma'lum qildi. 

Kompaniyaning III chorakdagi sof daromadi 387 million yevrogacha oshgan. Sotuvlar 13,8 foizga ko‘payib, 5,41 milliard yevroni tashkil qilgan. Adidas'ning bu chorakdagi operatsion daromadlari 563 million yevroni tashkil qilgan, bu 2015 yilning shu choragiga nisbatan 11,5 foizga ko‘p. 

2016 yilning to‘qqiz oylik natijalariga ko‘ra, Adidas'ning sof daromadi o‘tgan yilning xuddi shu paytiga qaraganda 1,5 barobarga oshgan va 1,027 milliard yevroni tashkil qilgan. Kompaniya daromadi 14,6 foizga oshib, 14,604 milliard yevroga teng bo‘lgan. 

Yanvar-sentabr oylari uchun kompaniyaning MDHdagi daromadi 10,2 foizga tushib ketgan va 505 million yevroni tashkil qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: