Dalian Wanda Group xoldingi Hollivudning asosiy "o‘yinchi"laridan birini xarid qilmoqda

Iqtisodiyot 14:14 / 04.11.2016 2562

Xitoyning Dalian Wanda Group xoldingi Hollivudning asosiy "o‘yinchi"laridan biri bo‘lgan Amerikaning Dick Clark Productions kompaniyasini 1 milliard dollarga xarid qilmoqchi. Bu haqida SINA internet portali xabar berdi. 

"Bu kompaniyaning televizion kontentdagi birinchi qadamidir", - deyiladi Dalian Wanda'da. 

Dick Clark Productions Amerikaning ko‘ngilochar sohasi yetakchilaridan biri hisoblanadi. U "Oltin globus" kinotaqdimoti va American Music Awards'ning prodyuseri sifatida nom qozongan. 

Bu Dalian Wanda tomonidan qo‘lga kiritilgan birinchi aktiv emas. Yil boshida xolding 3,5 milliard dollarga Amerikaning Legendary Entertainment media-xoldingi aksiyalari paketini sotib olgandi. 

2012 yilda Dalian Wanda xoldingi AMC Entertainment kompaniyasidan 2,6 milliard dollarga eng yirik kinoteatrlar tarmog‘ini qo‘lga kiritgan. 
 

Ko‘proq yangiliklar: