OAV: Eron gaz quvuri portlagandan keyin Turkiyaga yana gaz yetkazib berishni boshladi

Iqtisodiyot 08:13 / 01.11.2016 4590

Eron gaz quvurida portlash yuz bergandan keyin qilingan to‘xtashdan keyin Turkiyaga yana gaz yetkazib berishni boshladi, deb xabar bermoqda Eron milliy gaz kompaniyasi bayonotiga iqtibos keltirgan holda ISNA axborot agentligi. 

Avvalroq 28 oktabrda Turkiyaning Agra viloyatida Eron-Turkiya magistral gaz quvurida portlash yuz bergani, buning oqibatida yong‘in chiqqani ma'lum qilingandi. Gaz quvuri orqali gaz yetkazib berish to‘xtatilgandi. 

"Eron milliy gaz kompaniyasi 27 mln kub metr hajmdagi gaz yetkazib berilishi boshlanganini ma'lum qildi. Gaz yetkazib berish hajmi gaz quvurida bosim izga tushirilishi bilan oshirilib boriladi va Turkiya uchun yetarlicha hajmgacha yetkaziladi", deb aytildi xabarda.

Tebriz (Eron) — Anqara (Turkiya) gaz quvuri 2001 yildan beri ishlab keladi, uning maksimal o‘tkazuvchanligi yiliga 7,5 mlrd kub metr gazni tashkil qiladi. Turkiya har yili 10 mlrd kub metrga yaqin Eron gazi oladi, bu esa Turkiya tomonidan import qilinadigan umumiy gaz hajmining taxminan chorak ulushini tashkil qiladi. Eron Rossiyadan keyin Turkiyaga gaz yetkazib beruvchi ikkinchi yirik davlat hisoblanadi.
 

Ko‘proq yangiliklar: