Ukraina prezidenti Poroshenko yuzdan ortiq kompaniyada hissasi borligini ma'lum qildi

Iqtisodiyot 08:12 / 31.10.2016 7087

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Yagona davlat deklaratsiyalar reyestrida  daromadlari to‘g‘risidagi elektron deklaratsiyani to‘ldirib, uni omma e'tiboriga havola etdi. 

Unga muvofiq, mamlakat prezidentining Kozinda 1 330 kv.m. maydonga ega uyi, uchta xonadoni (biri Kiyevda, yana biri Vinnitsada) bor. Bundan tashqari, Kozinda 4ta uydan bepul foydalanadi. Odessada uy fondidan tashqari binosi va beshta yer uchastkasi borligi ma'lum qilingan. 

Poroshenko 2010 yilda ishlab chiqarilgan Mercedes Vito 116 CDI avtomashinasi, 2005 yilga tegishli Bayliner 185 BR motorli qayig‘i hamda ijaraga olingan BMW F02/750Li xDrive va Range Rover SALLMAM mashinalaridan foydalanishini bildirgan. 

Ukraina davlat rahbarining asosiy faoliyati, prezidentlik lavozimidan olgan yillik daromadi 121 ming 54 griven (4731 AQSh dollari)ni tashkil etgan. Bundan tashqari, Poroshenko turli moliyaviy operatsiyalardan foiz ko‘rinishida foyda ko‘rgan. Uning bank hisob raqamlarida 540 ming grn, 26,3 mln dollar va 14,4 ming yevro mablag‘i, naqd ko‘rinishda 60 ming dollar va 900 ming griven puli bor. 

Umuman, Pyotr Poroshenko Rossiya, Polsha, Ispaniya, Niderlandiya, Kipr, Ukraina hamda Britaniya Virjin orollarida 100dan ortiq kompaniyaga egaligi yoki hissasi borligini ma'lum qilgan. 

Shu bilan birga, Pyotr Poroshenko daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyasini Facebook sahifasida izohlagan. U barcha qimmatli ko‘chuvchi va ko‘chmas mulklari, turarjoylari, yer uchastkalari, avtomobil, kartinalar, ayollar taqinchoqlarini prezidentlikkacha bo‘lgan vaqtda xarid qilganini ta'kidlagan. Uning aytishicha, 2014 yilda tashkil etilgan Roshen kompaniyasidan boshqa barcha kompaniyasi davlat xizmatiga kirmasdan avval tashkil etilgan bo‘lgan. 

Poroshenko, shuningdek, mablag‘larini doimi bankda saqlashini va ulardan Ukraina byudjyetiga sentigacha soliq to‘langanini ta'kidlagan. Uning fikricha, mamlakat siyosatchilari undan o‘rnak olib, bank tizimiga ishonch bildirishlari lozim. 
 

Ko‘proq yangiliklar: