Turk lirasi tarixiy minimumgacha qadrsizlandi

Iqtisodiyot 00:33 / 30.10.2016 8806

Turk lirasining dollarga nisbatan kursi 28 oktabrdagi savdolar vaqtida yangi anti-rekord o‘rnatdi: dollarning liraga nisbatan eng katta qiymati 3,1273 lirani tashkil qildi. Bu haqda ru.insider.pro xabar bermoqda

Nashrning aytishicha, dollar kursi birinchi marta 3,12 liradan oshgan. Biroq liraning qadrsizlanishi iyuldagidan kamroqdir. O‘shanda Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin dollar kursi bir necha kun ichida 7,5 foizga ko‘tarilib ketgan va bir dollar uchun 3,0965 lirani tashkil qilgan. 

Financial Times tahlilchilari lira kursining zaiflashishini Turkiya markaziy banki 2016 yildagi in¬flya¬tsiya darajasi prognozini yillik 6,5 foizga oshirgani bilan bog‘lashmoqda.

Turkiya iqtisodiyotining yetakchi sohalaridan biri bo‘lgan sayyohlik tarmog‘i ham oqsamoqda. 

 

Ko‘proq yangiliklar: