Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar: sayyoramizdagi birinchi yadro urushi suv uchun boshlanishi mumkin

© REUTERS/ Fayaz Aziz
Olimlarning fikricha, sayyoramizdagi birinchi yadro urushi suv uchun boshlanishi mumkin va u Rossiya va AQSh o‘rtasida emas, balki Hindiston va Pokiston o‘rtasida boshlanadi. Bu haqda xorijiy OAV xabar bermoqda.
BMTning Gamiltondagi (Kanada) suv zaxiralari, atrof-muhit va salomatlik instituti xodimlari Hindiston yarimorolida ichimlik suvining yetishmasligi haqiqatda juda jiddiy muammo ekanligini aytmoqdalar. Ularning fikricha, Hind daryosi havzasi istalgan vaqtda portlashi mumkin bo‘lgan suv "bombasi" hisoblanadi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, oxirgi yillarda yarimorolda suv zaxiralari uchun nizo avj olib ketdi. Yaqinda Hindiston Hind daryosi bo‘yicha ikki tomonlama komissiya ishining yakunlanishini ma'lum qildi. Bu komissiya Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi suv munosabatlarini 1960 yildan boshqarib kelgan. 1960 yilda bu davlatlar Hind suvlari haqida kelishuvni imzolashgandi.
Kelishuv doirasida Hindiston Hindning uchta sharqiy irmog‘idan, Pokiston esa ikkita g‘arbiy irmog‘i va Hindning o‘zidan foydalanish huquqini olgandi. Bu kelishuv Pokistonning Hindiston bilan urush bo‘lishi holatida daryo irmoqlarining Hindiston hududidan o‘tuvchi qismi qo‘shnisi tomondan to‘sib qo‘yilishi xavotiri sababli yuzaga kelgandi.
Olimlarning fikricha, Hindiston va Pokiston o‘rtasida bu masala bo‘yicha hamfikrlikning yo‘qligi yaqin kelajakda ular orasida urushga olib kelishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
1-sinf uchun mikrohududdan tashqari maktablarga qabul boshlandi
Ta’lim | 10:40
-
Toshkentning uchta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
O‘zbekiston | 10:27
-
Germaniya o‘ta muhim obektlarni kiberhujumlardan himoya qilishni kuchaytiradi
Jahon | 10:11
-
“O‘zbekinvest”da korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston | 10:00
Mavzuga oid

16:10 / 31.07.2025
Tramp Rossiyadan qurol va neft xarid qiluvchi Hindistonga «jarima soldi»

23:10 / 25.07.2025
Hindistonda mavjud bo‘lmagan davlatlar elchisi qo‘lga olindi

20:45 / 23.07.2025
Hindiston talabalarga O‘zbekistondagi tibbiy oliygohda o‘qimaslikni tavsiya qildi

13:58 / 23.07.2025