Tailandda marhum qirol bilan vidolashish marosimi boshlandi

Foto: © EPA/NARONG SANGNAK
29 oktabrda Tailandda 13 oktabrda vafot etgan qirol Pumipon Adulyadet (Rama IX) bilan vidolashish marosimi boshlandi. Marosim Bangkokda Katta qirollik saroyida ochildi va bir necha oy davom etishi kutilmoqda. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Saroyga birinchilardan kirish uchun tailandliklar yarim tundan navbatga tura boshlashgan. Endi tashrif buyuruvchilar navbat bilan har kuni soat 8:00 dan boshlab saroyga kiritiladilar.
Tailand an'analariga ko‘ra, Rama IX jasadi tik holatdagi usti yopiq tobut ichiga joylangan va Dusit Maxa Prasat taxtlar zaliga qo‘yilgan. Qirol maqbarasiga kirish cheklangan va u yerga kuniga 10 ming odam kiritiladi.
Mavzuga oid

21:18 / 06.03.2025
O‘zbekiston yosh xokkeychilari jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi

22:32 / 27.02.2025
Tailand hukumati mamlakatga keluvchi barcha sayyohlar uchun soliq joriy etadi

20:27 / 24.02.2025
Tailandda og‘ir tan jarohati olgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

15:40 / 12.02.2025