Berlinda Gitler bunkerining aniq nusxasi barpo etildi

Foto: Globallookpress
Berlinda sayyohlar uchun Adolf Gitler bunkerining aniq nusxasi barpo etildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.
Bunker o‘zidan xususiy ko‘rgazmani namoyon qilib, unda Gitler 1945 yilda o‘z joniga qasd qilgan 10 kvadrat metrlik xonaning aniq nusxasi taqdim qilingan.
Bunker Berlinning qoq o‘rtasida, Gitlerning haqiqiy bunkeri joylashgan joydan bir necha kilometr uzoqlikda barpo etildi.
Muzey kuratori Viland Gibelning aytishicha, bunker 3,5 ming kishiga mo‘ljallangan bombalardan saqlovchi panagohga ekskursiyaning bir qismi hisoblanadi.
Gitlerning haqiqiy bunkeri 1947 yilda buzib tashlangan. Hozir uning o‘rnida avtoturargoh joylashgan.
Mavzuga oid

20:59 / 01.11.2021
Britaniyada yashash joyiga aylantirilgan yadro bunkeri sotuvga qo‘yiladi

19:43 / 13.12.2020
Kreml Putinning koronavirusdan himoyalangan bunkerda yashayotganini rad etdi

08:24 / 04.06.2020
Tramp Vashingtondagi tartibsizliklar vaqtida bunkerda yashiringani haqidagi xabarlarni rad etdi

07:23 / 01.06.2020