Tramp Vashingtondagi tartibsizliklar vaqtida bunkerda yashiringani haqidagi xabarlarni rad etdi 

Jahon 08:24 / 04.06.2020 6104

“Men o‘sha vaqtda u yerda bo‘lmagandim. Men bunkerga kunduzi tushgandim va bu asosan nazorat uchun qilingandi. Kunduzi esa muammo bo‘lmagandi va bunkerga tushishim uncha uzoq davom etmadi”, deb aytgan Tramp Fox News radiostansiyasiga bergan intervyuda.

Tramp, shuningdek, Vashingtondagi vaziyatdan ko‘ngli to‘qligini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq New York Times nashri Tramp rafiqasi Melaniya Tramp va o‘g‘li Berron bilan birga tartibsizliklar vaqtida bir soatga yaqin bunkerda qolganini ma'lum qilgandi. Nashrda ma'lum qilinishicha, prezident 29 may kuni kechasi namoyishchilar Oq uy darvozalari oldida o‘rnatilgan metall to‘siqlarni olib tashlashni boshlagandan keyin bunkerga yetkazilgan. 

O‘z navbatida CNN telekanali ham Tramp Oq uyga qaytishdan oldin bunkerda bir soatcha vaqt o‘tkazganini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: