Bedavo semizlikning asosiy sababi aniqlandi

Foto: fitnessexpert
Monreal Universitetidagi klinik shifoxona olimlari semizlikning bedavo shakli sabablarini aniqlashdi. Ma'lum bo‘lishicha, gipotalamus neyronlaridagi ABHD6 fermentining nofaolligi ortiqcha vazn bilan kurashishda parhez va mashqlarning foydasini yo‘qqa chiqaradi. Fiziologlar bu mavzuga oid xulosalarini Cell Reports jurnalida chop etilgan maqolada taqdim etishgan.
Tadqiqotchilar mutant genli genetik jihatdan o‘zgartirilgan sichqonlarni aniqlashdi. ABHD6 oqsili gipotalamusda joylashgan neyronlar guruhi —organizmning gormonal faoliyatini boshqaruvchi bosh miya tuzilmasida faoldir.
Bu sichqonlar to‘g‘ri hayot tarzi va oziqlanish sharoitida odatiy jonivorlardan farq qilmaydi. Biroq ular sovuq ta'sirida tananing doimiy haroratini saqlay olmaydi, shu bilan birga yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan ozuqani iste'mol qilganda semizlikka moyil bo‘ladi. Shunisi e'tiborga loyiqki, ular odatiy parhezga o‘tganida ham vazn yo‘qotmaydi.
Olimlarning fikricha, xuddi shunday mexanizm inson organizmida ham mavjud. Ushbu taxminni isbotlash uchun bundan keyin ham tadqiqotlarni davom ettirish zarur, biroq mutaxassislarning ishonch bilan bildirishicha, ortiqcha vazndan xalos bo‘la olmaydigan kishilarda ABHD6'ga bog‘liq muammolar mavjud.
Mavzuga oid

14:18 / 01.03.2025
Olimlar Marsda qumli sohillarga ega bo‘lgan okean izlarini topdi

15:11 / 27.02.2025
Olimlar 1-tur diabetni butunlay davolash yo‘lini topdi

17:02 / 26.02.2025
Olimlar 100 yoshga kirishga yordam beruvchi 10 ta mahsulotni ma’lum qildi

15:15 / 19.02.2025