Kerri: Rossiya va Eronning ishtirokisiz Suriya muammosini hal etib bo‘lmaydi

Foto: Reuters
AQSh davlat kotibi Jon Kerrining so‘zlariga ko‘ra, Suriya inqirozini Rossiya va Eron ishtirokisiz hal etish mumkin emas.
«Bir yil muqaddam, Suriya bo‘yicha Xalqaro guruh tashkil etilgan edi. Unga mazkur muammoga aralashgan barcha tomon, xususan Rossiya va Eron ham jalb qilindi. Kimdir shunday deyishi mumkin: siz bular bilan nimaga muzokaralar davrasida o‘tiribsiz? Chunki, ular bu jarayonda ishtirok etmoqda, ularsiz yangi kelishuvlarga erishish yangi muammolarni yaratishni anglatadi» — degan Kerri Xalqaro munosabatlar bo‘yicha Chikago kengashida.
AQSh bosh diplomatining qayd etishicha, «muammoni qochqinlarga shunchaki mablag‘ ajratish» bilan emas, aksincha, «ko‘ptomonlama diplomatik choralar ko‘rish» vositasida hal etish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 15 oktabr kuni Lozannada Rossiya, AQSh, Eron, Qatar, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Misr, Iroq, Iordaniya diplomatlari va BMTning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Staffan de Mistura ishtirokida Suriya muammosiga bag‘ishlangan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda, Suriyani yaxlit, mustaqil va dunyoviy davlat sifatida saqlab qolishga kelishib olindi.
Mavzuga oid

23:00
FXX ukrainaliklarning Rossiya kirishini 50 yilgacha taqiqlashni boshladi

22:00
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

19:40