Rossiya mudofaa vazirligi Halabda gumanitar tanaffusni tiklash shartlarini ma'lum qildi

Foto: RIA
Rossiya mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkovning ma'lum qilishicha, Rossiya Suriya hukumati bilan hamkorlikda Halabda gumanitar tanaffusni e'lon qilishga tayyor. Faqat, buning uchun xalqaro tashkilotlar tinch aholi vakillarini olib chiqib ketishga kafolat berishlari kerak, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.
«Rossiya Federatsiyasi xalqaro tashkilotlarning jangarilar egallab turgan tumanlardagi tinch aholi vakillari, yaralanganlar va bemorlarni olib chiqish bo‘yicha kafolatini olsa, Suriya hukumati bilan birga Halabda «gumanitar tanaffus» joriy etishga tayyor», — degan Rossiya generali.
Avvalroq, Rossiya QK Bosh shtabi Bosh operativ boshqarmasi rahbari Sergey Rudskoy 18 oktabrda e'lon qilingan hamda Rossiya HKK va Suriya HHK aviatsiyasining Halab atrofidagi 10kmlik hududga zarba bermaslikni nazarda tutuvchi moratoriy uzaytirilishi haqida aytgandi.
d
Mavzuga oid

21:59 / 15.03.2025
Zelenskiy Kursk oblastida janglar davom etayotganini aytdi

18:18 / 15.03.2025
Uitkoff Putin bilan uchrashish uchun 8 soat kutgani aytildi

14:34 / 15.03.2025
Xitoy, Rossiya va Eron barcha noqonuniy sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

09:02 / 15.03.2025