O‘zbekiston Tojikistondan sement import qila boshladi

Iqtisodiyot 16:08 / 21.10.2016 17446

Tojikiston sanoat vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda ishlab chiqarilgan sement O‘zbekistonga eksport qilina boshlangan. Bundan avval, Tojikiston bu mahsulotni asosan Qirg‘iziston va Afg‘onistonga sotib kelgan. 

Tojikiston joriy yilning o‘tgan uch choragi mobaynida jami 222 ming tonna sement eksport qilgan, deb xabar qiladi Sputnik agentligi. Shundan Afg‘onistonga 96 ming tonna, Qirg‘izistonga 30 ming va O‘zbekistonga 35 ming tonna yetkazib berilgan. 

Aytish joizki, mamlakatda shu davr mobaynida 1 mln 508 ming tonna sement ishlab chiqilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 408 ming tonnaga ko‘p demakdir.  Rossiyaga 65 ming tonna sement jo‘natilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: