Farg‘onada yangi sement zavodi ish boshladi

Iqtisodiyot 17:05 / 21.10.2016 12613

Farg‘ona viloyatida yangi sement zavodi ish boshladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

"Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi Sho‘rsuv shaharchasi hududida foydali qazilma konlari mavjud. Bu zamindagi ohak, gips toshlar, temir tarkibli ohra tuproqlar tabiatning noyob boyliklaridir. Ushbu tabiiy imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan sho‘rsuvlik tadbirkorlar yangi ishlab chiqarish sub'yektlari tashkil etmoqda", deyilgan xabarda. 

Tumandagi “Turon eco cement” mas'uliyati cheklangan jamiyati qoshida yangi sement ishlab chiqarish zavodi ish boshladi. Xitoylik mutaxassislar hamkorligida qurib bitkazilgan zavodda kuniga 350 tonna sifatli qurilish mahsuloti tayyorlanadi. Eng muhimi, mahsulot uchun zarur xomashyoning 98 foizi korxona tasarrufidagi konlardan olinadi. 

Korxona rahbari Qodirjon Ahmedovning aytishicha, bu yerda yaratilgan yuzdan ortiq ish o‘rniga asosan kasb-hunar kolleji bitiruvchilari jalb etilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: