«Naftogaz» Rossiyadan Qrimdagi mulki uchun tovon puli talab qilmoqda

Iqtisodiyot 14:37 / 19.10.2016 6614

Ukrainaning «Naftogaz Ukrainy» kompaniyasi 6ta sho‘'ba korxonalari bilan birga Rossiyaga nisbatan hakamlik sudini uyushtirdi. Kompaniya Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi natijasida yo‘qotgan mablag‘lari uchun tovon talab qilmoqda, deb xabar qilgan «Interfaks» agentligi.

«Naftogaz» ushbu mahkama jarayonini Ukraina va Rossiya Vazirlar mahkamalari o‘rtasidagi o‘zaro investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni himoya qilishga oid kelishuv doirasida tashkil etgan. «Naftogaz» dastlab o‘z guruhiga yetkazilgan zararni 2,6 mlrd AQSh dollari deb baholadi», — deya bayonot berishgan «Naftogaz Ukrainy» MAK matbuot xizmatida.

Xabar qilinishicha, bundan tashqari, gap «Chernomornaftogaz», «Ukrtransgaz», «Ukrgazvydobuvannya», «Ukrtransnafta», «Gaz Ukrainy» va «Likvo» kompaniyalarining aktivlari haqida ham bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: