Xitoy iqtisodiyoti o‘sishi kutilgan natijani ko‘rsatdi

Iqtisodiyot 07:36 / 19.10.2016 10292

Xitoy iqtisodiyotining uchinchi chorakda kutilayotgan sur'atlari taxmin qilingan natijani ko‘rsatdi. Mamlakat YaIM o‘tgan yilning shu davri bilan qiyoslaganda 6,7 foizga o‘sdi. Bu haqda, Reuters agentligi xabar qilmoqda

Xitoy davlat byurosiga ko‘ra, XXR yalpi ichki mahsuloti joriy yil ikkinchi choragiga nisbatan 1,8 foiz o‘sishga erishgan. Mamlakat hukumati YaIM yillik ko‘rsatkichi 6,7-7 foizni tashkil etishini taxmin qilmoqda. Shunga qaramay, davlat byurosining hisobotiga binoan, Xitoy iqtisodiyotida ko‘plab noaniq omillar saqlanib qolayapti. Bundan tashqari, barqaror rivojlanish poydevorini mustahkam deb bo‘lmaydi.

Qayd etilishicha, Xitoyning asosiy aktivlariga kiritilgan investitsiyalar hajmi 2016 yil sentabr oyida 9 foizga o‘sgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: