Rossiya va AQSh Suriya bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlaydi

Foto: Reuters
AQSh va Rossiya Suriya inqiroziga barham berish bo‘yicha shu oyning boshida to‘xtatilgan muzokaralarni qayta boshlashi xususida ma'lum qilishdi.
Muzokaralar 9 kun avval Suriyada sulhga erishib bo‘lmagani uchun ikki mamlakat o‘rtasidagi qarama-qarshilik keskinlashgani sababli Vashington tashabbusi bilan to‘xtagan edi.
Biroq, ma'lum bo‘lishicha, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh davlat kotibi Jon Kerri va mintaqadagi yetakchi davlatlar vakillari bilan shu hafta shanba kuni, 15 oktabrda Shveytsariyada uchrashadi.
Bu haqda, Halab uzra havo zarbalarini berish qayta boshlanganidan ikki kun o‘tgach, e'lon qilindi.
Davlat departamenti bayonotida aytilishicha, Jon Kerri Suriya inqirozini bartaraf etish uchun ko‘ptomonlama yondashuvni muhokama etadi.
Lozannadagi uchrashuvda Saudiya Arabistoni, Turkiya va Eron vakillari ham ishtirok etishi kutilayapti.
Mavzuga oid

22:24 / 12.03.2025
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24 / 12.03.2025
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17 / 12.03.2025
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27 / 12.03.2025