Xalqaro valyuta jamg‘armasiga a'zo davlatlar jamg‘arma zaxirasi uchun 340 mlrd dollar ajratadilar

Iqtisodiyot 07:24 / 08.10.2016 3998

Xalqaro valyuta jamg‘armasiga a'zo davlatlar jamg‘armaning kredit salohiyatini ta'minlash uchun kompleks tarzda 340 mlrd dollar ajratish majburiyatini o‘z zimmalariga oldilar, deb ma'lum qildi jamg‘arma rahbari Kristin Lagard. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

"Bu majburiyatlar XVJning umumiy kreditlash salohiyatini saqlab qoladi va jamg‘arma a'zolarimiz ehtiyojlarini ta'minlashda davom etishiga ishonch beradi. Men ko‘plab davlatlar o‘zlariga bu majburiyatlarni olganlaridan xursandman va boshqa davlatlarni ham bu muhim xalqaro sa'y-harakatlarga qo‘shilishga chorlamoqchiman", deb aytdi Lagard.

Gap XVJning 25 ta ishtirokchisi haqida ketmoqda, mablag‘lar keyingi 4 yil ichida ajratiladi.

Zaxiralarni oshirish haqidagi qaror jamg‘armaning direktorlar kengashi tomonidan avgustda qabul qilingandi. XVJ boshqaruvchilarining kuzdagi uchrashuvi doirasida bu qaror ma'qullandi.

Ko‘proq yangiliklar: