AQSh yangi atom bombalarni sinovdan o‘tkazdi

Foto: © AP
AQShlik harbiylar B61 seriyasidagi ikkita yangi atom bombani sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazishdi.
AQSh energetika vazirligi huzuridagi Yadroviy xavfsizlik milliy boshqarmasining ma'lum qilishicha, jangovar zaryadsiz bo‘lgan ikkita modernizatsiyalangan boshqariluvchi B61-7 va B61-11 atom bombalari Nevada shtatidagi poligonda sinovdan o‘tkazilgan. Bombalar B-2A Spirit strategik bombardimonchi samolyotlaridan tashlangan.
AQSh avgustda B61-12 turidagi atom bombalarning yangi versiyasini takomillashtirishning yakuniy bosqichiga o‘tishini ma'lum qilgandi. Bu bombalar 2020 yildan seriyali tarzda ishlab chiqariladi.
Avvalroq Rossiya mudofaa vazirligida bu bombalarning sinovi ig‘vogarlik deb atalgan va o‘z yadroviy arsenalini modernizatsiya qilayotgan AQShning harakatlari Vashingtonning butkul yadroviy qurolsizlanishga intilishi haqidagi gaplariga zid ekanligi ta'kidlab o‘tilgan.
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27