Janubiy Koreya mamlakat iqtisodiyotiga 8,98 mlrd dollar miqdorida turtki beradi

Iqtisodiyot 15:44 / 06.10.2016 8081

Koreya Respublikasi hukumati shu yilning to‘rtinchi choragida milliy iqtisodiyotga turtki berish maqsadida yana 10 trln von (8,98 mlrd dollar) mablag‘ kiritishini e'lon qildi. Bu haqda rejalashtirish va moliya vazirligi axborotida so‘z yuritilgan. 

"Ushbu mablag‘lar birinchi galda mahalliy talab va korporativ investitsiyalarni kuchaytirishga yo‘naltiriladi, - deyiladi hujjatda. – Janubiy Koreya iqtisodiyoti hamon iste'molchilar talabi, eksport va ishlab chiqarishga kiritilayotgan sarmoya hajmi borasida tebranishlarni boshidan kechirmoqda. Uning tiklanishi esa, barqaror emas".

Sentyabr oyida Janubiy Koreya eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,9 foizga qisqargan. Bunga avtomobilsozlik sanoati, jumladan Hyundai Motor kompaniyasidagi ish tashlashlar ham salbiy ta'sir ko‘rsatgan. Bundan tashqari, Samsung kompaniyasining Galaxy Note 7 smartfonlarini ommaviy qaytarib olishi ham sabab bo‘lgan. 

Moliya vazirligiga ko‘ra, "mamlakat hukumati 2016 yilda YaIM hajmi o‘sishini 2,8 foizga yetkazish uchun barcha chorani ko‘radi". 

XVJ prognoziga binoan, Koreya respublikasida bu yilgi iqtisodiy o‘sish 2,7 foizni, 2017 yilda 3 foizni tashkil etadi. 

Ko‘proq yangiliklar: