O‘zbekiston delegatsiyasi Bryusselda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdi

O‘zbekiston 17:56 / 06.10.2016 6281

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 5 oktabr, chorshanba kuni Bryusselda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

100 dan ortiq mamlakat, jumladan, Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari taklif qilingan «Farovonlik va tinchlik uchun sherikchilik» forumi ishtirokchilari 2017-2020 yilarda Afg‘oniston hukumatiga siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish uchun ko‘mak, xususan, moliyaviy yordam berish masalalarini muhokama qildi.

TIV xabarida aytilishiga ko‘ra, anjumanda Afg‘oniston hukumatiga 2017-2020 yillarga rejalashtirilgan siyosiy va ijtimoiy reformalarni hal qilish uchun moliyaviy va boshqa yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oxirida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh assambleyasida, so‘zga chiqqan Abdulaziz Komilov Afg‘onistonga yordam berishni o‘z zimmasiga olgan davlatlar va xalqaro tashkilotlar o‘z majburiyatlarini bajarishi muhim ekanini xabar qilgan edi.

Komilovning fikriga ko‘ra, Afg‘onistonda mamlakatdagi iqtisodiy-ijtimoiy holatni yaxshilash, aholi hayot darajasini ko‘tarish va ma'rifat sohasiga e'tibor berish kerak hisoblanadi.

Joriy haftada Afg‘onistonda "Tolibon" harakati mamalkat shimolidagi Qunduz shahrini egallab olgani va ushbu hududda vaziyat keskin yomonlashgani haqida tashvishli xabar paydo bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: