FT: Britaniya funti 31 yillik minimumgacha qadrsizlandi

Iqtisodiyot 14:19 / 04.10.2016 5008

Buyuk Britaniya milliy valyutasi 31 yillik ko‘rsatkichgacha qadrsizlandi, deb yozmoqda Financial Times gazetasi Global Markets eksperti Jyeymi Chisholm ma'lumotlariga asoslangan holda.

Xususan, Toshkent vaqti bilan soat 12:42 da (Londonda 8:42) funt kursi 0,5 foizga qadrsizlanib, 1,27 dollargacha pasaygan, bu esa 1985 yildan beri qayd etilgan eng quyi raqamdir. 

Bloomberg ma'lumotlariga ko‘ra, buni investorlarning Brexit bilan bog‘liq xavotirlari izohlaydi. 

Xabar qilinishicha, Britaniya bosh vaziri Tereza Mey, uning hukumati YeI tarkibidan chiqish jarayonini 2017 yilning birinchi choragida boshlashini ma'lum qilgach, funt sterling kursi jahonning 31 asosiy valyutasidan 30tasiga nisbatan qadrsizlangan. 

Umuman, Britaniya YeI tarkibidan chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazilganidan beri o‘tgan vaqt mobaynida funt dollarga nisbatan 14 foiz arzonlashgan. 

Ko‘proq yangiliklar: