Xakerlar AQShning bir necha shtatida saylovchilarni qayd qilish tizimini buzib kirdilar

AQShda xakerlar pudratchilar kompyuterlaridan foydalanib, saylovchilarni qayd qilish tizimiga kira oldilar, deb xabar bermoqda ABC telekompaniyasiga iqtibos keltirgan holda RT telekanali.
Telekompaniya manbalariga ko‘ra, tizimni buzgan virus saylovchilar haqidagi ma'lumotlarni qayta ishlovchi pudratchilar pochtasiga yuborilgan. Pudratchilardan saylovchilar pochtalariga zararlangan xat kelgan.
AQShning 4 ta shtati, jumladan Illinoys, Arizona va Floridadagi saylovchilar hujumga uchragan.
Avvalroq FQB xakerlar AQSh demokratik partiyasi a'zolarining mobil telefonlarini buzib kirishga harakat qilganlarini ma'lum qilgan. Yozda Demokratik partiya milliy qo‘mitasi rahbari Debbi Vasserman-Shults Wikileaks sayti partiya devoni a'zolari yozishmalarini chop etgandan keyin iste'foga ketgandi.
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27