Jahon banki o‘z rahbarini qayta sayladi

Iqtisodiyot 09:40 / 28.09.2016 5747

Jim Yen Kim Jahon banki prezidentligi uchun navbatdagi muddatga qayta saylandi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Kim yana besh yil davomida Jahon kredit tashkilotiga rahbarlik qiladi. Qayd etilishicha, ovoz berish jarayonida uning bironta ham raqibi bo‘lmagan. 

Kimning navbatdagi prezidentlik muddati 2017 yil 1 iyulidan boshlanadi. 

Jahon banki yangi prezident saylanishini shu yilning avgust oyi oxirida e'lon qilgan edi. O‘shanda Kim saylovga nomzodini qo‘yish istagini bildirgandi. 

Jim Yon Kim 1959 yilda Seulda tug‘ilgan. Besh yoshida ota-onasi bilan AQShga ko‘chib o‘tib, Ayova shtatining Maskatin shahrida voyaga yetgan. 1982 yilda Braun universitetini tugatgan, falsafa va antropologiya bo‘yicha doktorlik darajalariga ega.

Jim Yon Kim Jahon banki rahbari lavozimiga 2012 yil 1 iyulda kirishgan. U Jahon bankining 12-prezidenti hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: