Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Pokistonda avtobusning jarga qulashi oqibatida 20 dan ziyod kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP
Kashmirning Pokiston nazoratidagi Muzaffarobod shahrida mikroavtobusning tog‘ yo‘lidan qulab ketishi oqibtida 23 kishi halok bo‘ldi. Avtobus daryoga 100 metr balandlikdan qulagan. Bu haqda mahalliy hukumat xabariga asoslanib, Agence France-Presse xabar bermoqda.
"Fojia sabab 23 kishi halok bo‘ldi va uch kishi jarohatlandi", - dedi agentlikka mahalliy amaldorlardan biri. Uning ma'lum qilishicha, hozirga qadar faqat uch jasadni topishga muvaffaq bo‘lingan, qolganlarini daryo oqizib ketgan bo‘lishi mumkin.
Pokistonda yo‘l transporti hodisalari juda ko‘plab uchraydi. Bunga sabab avtoulovlardagi texnik nosozliklar etib ko‘rsatiladi. Yana bir sabab mahalliy aholi vakillarining avtoulov boshqarishda o‘quvsizligidir.
Mavzuga oid

13:58
O‘zbekiston va Pokiston mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qiladi

14:16 / 21.07.2025
O‘zbekiston Pokistondagi neft va gaz konlarini qidirishga jalb etilishi mumkin

11:49 / 21.07.2025
Pokistonda og‘ir vaziyatga tushib qolgan ayol O‘zbekistonga qaytarildi

18:41 / 18.07.2025