Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyalik yo‘lovchi o‘ta semiz qo‘shnisi sabab Emirates aviakompaniyasini sudga berdi

Italiyalik advokat Jorjio Destro samolyotda juda semiz odam bilan yonma-yon ketishga majbur bo‘lgani uchun Emirates aviakompaniyasidan 2,8 ming yevro miqdorida tovon puli undirishni maqsad qildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Destro Keyptaundan Dubayga parvoz qildi va to‘qqiz soat davomida yonida o‘tirgan kishi tug‘dirgan noqulaylikdan aziyat chekdi. U yo‘lakda tura turishga, bo‘sh bo‘lganda ekipaj uchun ajratilgan o‘rindiqlarga o‘tirishga majbur bo‘ldi.
Destro joyini o‘zgartirishlarini so‘radi, ammo bo‘sh joy yo‘qligi sabab unga rad javobini berishdi. Italiyalikning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat uchun undan uzr so‘rashmagan va noqulaylikni bartaraf etish uchun biror-bir taklif berishmagan.
Shundan so‘ng u sudga da'vo kiritgan. Unga ko‘ra, aviakompaniya advokatga chiptasining narxi bo‘lmish 759,51 yevro va ma'naviy zarar uchun 2 ming yevro berishi lozim bo‘ladi. Italiyalikning da'vosi 20 oktabr kuni Paduyada ko‘rib chiqiladi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025