Avstriya aviakompaniyasi dunyodagi eng qisqa xalqaro reysni yo‘lga qo‘yadi

Iqtisodiyot 15:21 / 23.09.2016 6553

Avstriyaning People's Viennaline akivakompaniyasi dunyodagi eng qisqa xalqaro reysning ochilishi haqida e'lon qildi. Tashuvchi Shveytsariyadan Germaniyaga 8 daqiqa vaqt ketuvchi parvozni amalga oshiradi. Bu haqida The Daily Mail xabar berdi.

People's Viennaline Shveytsariyaning Sankt-Gallen - Altenrayn aeroportidan Germaniyaning Fridrixsxafen shahri aeroportiga yo‘lovchi tashiydi. Mazkur yo‘nalish 2 noyabrda ochiladi. 

Yo‘nalish masofasi - taxminan 21 kilometr. Reyslar bir kunda ikki marotaba amalga oshiriladi. Chipta narxi (borib qaytish) - 40 yevro.

People's Viennaline aviakompaniyasiga 2010 yilda asos solingan. U Sankt-Gallen — Altenrayn averoportida joylashgan va asosan Xorvatiya, Italiya hamda Ispaniyaga charter reyslarni amalga oshiradi. 

Ko‘proq yangiliklar: