Pan Gi Mun: Zo‘ravonlik va ziddiyatlar dunyoga 13 trillion dollardan qimmatga tushdi

Foto: AP
Dunyo hamjamiyati 2015 yilda zo‘ravonlik va ziddiyatlar tufayli taxminan 13,6 trillion dollarga tushdi. Bu haqida BMT bosh kotibi Pan Gi Mun chorshanba kuni jahon tashkilotining Tinchlik fondini qo‘llab-quvvatlovchi konferensiyada ma'lum qildi.
"Iqlimning o‘zgarishi, iqtisodiy inqirozlar va moliyaviy yo‘qotishlar, o‘sib borayotgan tengsizlik hamda yoshlar orasidagi xavf darajasiga yetayotgan ishsizlik ziddiyatlarga sabab bo‘ladi va insonlarga juda kuchli ta'sir ko‘rsatadi", - dedi Pan Gi Mun. - Uzoq tanaffusdan so‘ng ziddiyatlar soni ko‘paya boshladi. Davlatlararo urushlar kamaygan bo‘lsa-da, mamlakatlarda ichki to‘qnashuvlar yuzaga kelmoqda, ko‘p holatlarda ularga tashqi kuchlar va nodavlat sub'yektlar jalb qilinmoqda".
"Ekspertlarning baholariga ko‘ra, 2015 yilda zo‘ravonlik va ziddiyatlar dunyoga taxminan 13,6 trillion dollarga tushdi, - dedi bosh kotib. - Bu sayyoramizning har bir kishisi boshiga 1,8 ming dollardan to‘g‘ri keladi". "Faqatgina 2015 yilning o‘zida dunyo hamjamiyati tinchlikparvar operatsiyalar va ziddiyatlardan jabr ko‘rgan kishilar hamda qochqinlarga insonparvarlik yordami uchun 34 milliard dollar sarfladi", - deya ta'kidladi BMTning ma'muriy rahbari.
Pan Gi Mun insonparvarlik ehtiyojlariga o‘z vaqtida qilingan xarjlar foijiali voqealarning oldini olishi mumkinligini ta'kidladi. Shu munosabat bilan bosh kotib davlatlarni BMT Tinchlik fondiga ko‘proq pul vositalari o‘tkazishga chaqirdi. "U dunyo bo‘ylab millionlab kishilarga yordam beradi", - deya ta'kidladi bosh kotib.
BMT Tinchlik fondi 2006 yilda 250 million dollar ustav kapitali bilan ta'sis etilgan. U urushni boshdan kechirgan mamlakatlarni qayta tiklash va tinchlikni mustahkamlash uchun sarflanadi.
Tavsiya etamiz
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Bavariya» 34-marta Germaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
Sport | 11:58
-
Kam ta’minlangan oilalarga 19 mlrd so‘mdan ortiq QQS qaytarildi
Iqtisodiyot | 11:39
-
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari
Sport | 11:38
-
Eron yangi ballistik raketani sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi
Jahon | 11:35
Mavzuga oid

21:18 / 30.04.2025
BMT O‘zbekiston tashabbusi bilan 29 aprelni Xalqaro zilzila qurbonlarini xotirlash kuni deb e’lon qildi

20:46 / 29.04.2025
BMT: 2014 yildan beri dunyoda 72 mingdan ortiq migrant halok bo‘ldi

21:43 / 28.04.2025
O‘zbekiston ilk marta BMT Statistika komissiyasi a’zoligiga saylandi

20:33 / 28.04.2025