Putin Qirg‘iziston prezidentini mukofotladi

Foto: RIA
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotladi.
Qirg‘iz davlati rahbari Atambayev 60 yoshga to‘lishi munosabati bilan "Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni o‘zaro ishonch va strategik hamkorlik ruhida rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun" shunday mukofotga munosib ko‘rilgan. Putin ordenni hamkasbi bilan Bishkekda o‘tkazgan ikki tomonlama muzokaralari chog‘ida topshirgan.
Putin ordenni topshirar ekan, Aleksandr Nevskiyning tarixdagi o‘rnini alohida qayd etgan.
"Bu orden, birgalikda tariximizning eng yorqin sahifalarimizni yodda tutuvchi sizdek insonga bu mukofot eng munosibidir", — degan Putin.
Mavzuga oid

17:54 / 19.05.2017
Atambayev o‘rniga nomzodlar: Rus tili o‘qituvchisidan tortib «un qiroli»gacha

22:03 / 12.04.2017
Atambayev: YeOIIga a'zo bo‘lishimizgacha qirg‘izistonlik ishchilar qul kabi qabul qilinardi

15:32 / 03.04.2017
Atambayev: Tartibsizlik istaysanmi? Seni qamoq kutadi

12:34 / 24.03.2017