Aktyor Ben Stiller qochoqlarni qabul qilish bo‘yicha petitsiyani BMTga topshirdi

© RIA Novosti
Bir milliondan ortiq inson jahon davlatlari yetakchilaridan qochqinlarni qabul qilishda mas'uliyatga sheriklik qilishni iltimos qiluvchi petitsiyani imzoladi. Amerikalik aktyor Ben Stiller mazkur hujjat nusxalarini BMT qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari, bosh kotibi, Bosh Assambleya raisiga taqdim etgan.
"Har kuni urush tufayli minglab oilalar, siz-u bizga o‘xshagan odamlar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lmoqda. Ular, xavfsiz kelajakni orzu va umid qilgan holda barcha narsasini ortida qoldirib, zo‘ravonliklardan qochmoqda. BMT qochoqlar masalalari bo‘yicha agentligi, qochoqlarning barchasi xavfsizlikda yashashga loyiq ekaniga ishonadi", — deya petitsiyani o‘qib bergan Stiller BMT Bosh Assambleyasi minbarida.
"Qochoqlar bilan" (#WithRefugees) shiori ostida imzolangan petitsiya jahon mamlakatlari yetakchilariga murojaat qilib, "ularni birdamlikka va mas'uliyatni baham ko‘rishga chaqiradi".
Hozirga qadar mazkur murojaatni 1 million 300 mingdan ortiq inson imzolagan.
Mavzuga oid

17:17 / 07.03.2025
O‘zbekiston va yana besh davlat natsistlarni ulug‘lashga urinishlarni qoraladi

19:47 / 06.03.2025
Reuters: Tramp ma’muriyati 240 ming ukrainalik qochoqni huquqiy maqomidan mahrum etishni rejalashtirmoqda

19:00 / 04.03.2025
BMT tadqiqoti yoshlarda global ruhiy salomatlik inqirozini aniqladi

22:19 / 03.03.2025