MDH davlatlari sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga to‘rt mamlakat rahbari tashrif buyurdi. Bu haqida Qirg‘iziston Respublikasi hukumatining axborot bilan ta'minlash bo‘limi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko kecha kechqurun Bishkekka yetib kelgan. Uni "Manas" aeroportida QR bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov kutib olgan. Bugun vazirlar mahkamasi rahbari Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonni qarshi oldi.
Shuningdek mamlakatga Moldova bosh vaziri Pavel Filip ham tashrif buyurdi va Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga doir dolzarb masalalarni muhokama qilishga ulgurdi.
Qirg‘izistondagi MDH davlatlari sammitida ishtirok etish uchun to‘rt mamlakat prezidenti tashrif buyurdi
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
26023
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34733