«MYu» futbolchilari muxlisining o‘limi arafasida uni yo‘qlashga borishdi

“Manchester Yunayted” futbolchilari Markus Reshford, Jyessi Lingard, Eshli Yang va Timoti Fosu-Mensa saraton kasaliga chalingan va umri tugashiga oz qolgan jamoa muxlisi Peddi Loulerani ziyorat qilishdi.
Daily Star nashri bergan ma'lumotga ko‘ra, xasta muxlisning nabirasi futbolchilarga ijtimoiy tarmoq orqali murojaat qilib, ushbu uchrashuvni tashkil etishga muvaffaq bo‘lgan.
Manbada keltirilishicha, futbolchilar 73 yoshli Peddi xonadonida bo‘lish chog‘ida, unga jamoa futbolkasini berishgan va u bilan suratga tushishgan. Muxlis “MYu” a'zolari bilan uchrashuvi tugaganidan bir soat o‘tib hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga oid

15:05 / 22.02.2025
Rossiyalik dezertir kasalxonaga yotqizilgan harbiylar haqidagi ma’lumotni oshkor qildi

11:44 / 18.12.2023
OAV: 900 dan ortiq rossiyalik harbiy xizmatchi kasalxonalarni sudga berdi

11:23 / 06.11.2023
Falastin G‘azoda dala kasalxonalarini joylashtirish zarurligini e’lon qildi

09:57 / 06.05.2022