Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp iPhone ishlab chiqarilishini AQShga ko‘chirishga va'da berdi

© REUTERS
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp prezident etib saylangandan keyin Apple va boshqa AQSh kompaniyalari o‘z mahsulotlarini AQShda ishlab chiqarishni boshlashlariga ishonchi komilligini aytdi. U bu haqda Ayova shtatida saylovchilar oldidagi nutqida aytib o‘tdi.
"Apple va boshqa yirik kompaniyalar o‘zlarining iPhone’lari, kompyuterlari va boshqa mahsulotlarni Xitoyda, boshqa davlatlarda emas, Amerikada ishlab chiqara boshlaydilar. Biz o‘z davlatimizda ishlab chiqaramiz va ishchi o‘rinlar yaratamiz, bu esa mamlakatimiz uchun yaxshidir", deb aytdi Tramp.
Tramp amerikaliklarga "yaxshi savdo kelishuvlarini" va'da berdi. Tramp NAFTA’ni (Shimoliy Amerika erkin savdo haqidagi kelishuv) "tarixdagi eng yomoni" ekanini aytdi va AQShning amaldagi ma'muriyati tomonidan taklif qilingan Tinch okeani savdo hamkorligi haqidagi kelishuv "yanada yomonroq bo‘lishidan" ogohlantirdi.
"Men bu haqda fikr qildim, ular (Obama ma'muriyati va Klinton) boshqa davlatlar muvaffaqiyatliroq bo‘lishini istashayotgan ko‘rinadi. Biz bunga chek qo‘yamiz", deb aytdi Tramp. "Amerika mashinalari yo‘llarda kezib yuradi, Amerika samolyotlari osmonni egallaydi, kemalari dengizni nazorat qiladi", deb va'da berdi Tramp.
Trampning chiqishi 50 daqiqadan ko‘proqqa ushlanib qoldi va zalning "Biz Trampni istaymiz" degan hayqiriqlariga qaramasdan, Tramp prezidentlik saylovlari bo‘yicha asosiy raqibi Xillari Klintonni qo‘llab-quvvatlash uchun Filadelfiya shtatida AQSh prezidenti Barak Obama o‘z chiqishini boshlamaguncha sahnaga chiqmadi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aholini guruch bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi
O‘zbekiston | 15:24
-
Tramp yana YeI tovarlariga bojlarni oshirishni kechiktirdi
Jahon | 15:21
-
Yevropaning eng yirik porti Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda – OAV
Jahon | 15:15
-
AQShga ishga yuborish evaziga 22 ming dollar olgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 15:14
Mavzuga oid

18:42 / 28.06.2025
Apple olti yil ichida ilk marta asosiy iPhone displeyini kengaytiradi

16:50 / 26.06.2025
Internetda iPhone 17 Pro suratlari paydo bo‘ldi

00:33 / 20.06.2025
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum

16:46 / 10.06.2025