Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxta tolasini sotish tartibiga o‘zgartirish kiritildi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 30 avgustidagi qaroriga muvofiq, paxta tolasini eksport qilish va respublikadagi korxonalarga yetkazib berishni «O‘zpaxtaeksport» AJ erkin almashtiriladigan valyutada bajarishi belgilandi. Shartnomalar, bevosita yoki Respublika tovar, xom-ashyo birjasi orqali tuzilishi mumkin. Bunda, paxta tolasi yetishtirish va uni yetkazib berish o‘rtasidagi muvozanatni saqlash e'tiborga olinishi kerak, deb yozmoqda Norma.uz sayti.
Paxta tolasini saqlash va eksport qilish, mahalliy korxonalarga yuborish faqat paxta terminallari orqali amalga oshiriladi. Xorijiy xaridorlar, respublika korxonalari aynan o‘sha yerda paxta tolasining sifati hamda vaznini aniqlab, qabul qilib olishlari mumkin.
Hujjatga ko‘ra:
- Paxta tolasini sotish va «O‘zpaxtaeksport» AJning «O‘zpaxtasanoat» AJ hududiy shaxobchalari bilan hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risidagi;
- Paxta tolasini O‘zbekiston Respublikasi tovar, xom-ashyo birjasi savdolari orqali respublika korxonalari va eksportga sotish tartibi to‘g‘risidagi;
- Paxta tolasining vaznini aniqlash va sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi qoidalar tasdiqlangan.
Hujjatda shuningdek, «O‘zpaxtaeksport» AJning yangilangan terminallari ro‘yxati tasdiqlangan.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01
-
Prezidentning Jizzaxga tashrifi, ijtimoiy obektlarning geoportali, shahodatnomadagi baholarning imtihonda inobatga olinmasligi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18
-
Farg‘onada shifokor adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi
Jamiyat | 21:52
Mavzuga oid

10:48 / 21.07.2025
O‘zbekistondan Britaniyaga qovun eksporti yo‘lga qo‘yildi

13:57 / 11.07.2025
O‘zbekiston ilk bor sofligi 99,9 foiz bo‘lgan reniy metallini eksport qildi

11:33 / 10.07.2025
6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi

12:45 / 08.07.2025