Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik keksa juftlik g‘orda 50 yildan ortiq hayot kechirmoqda

Xitoyning Sychuan viloyatilik er-xotin 54 yil davomida g‘orda yashab keldi va u yerdan ko‘chib ketishni rad etmoqda. Bu haqda «Jenmin jibao» gazetasi xabar bermoqda.
81 yoshli Lyan Tszifu va uning 77 yoshli rafiqasi Li Suin 54 yil avval g‘orga kelib, qo‘nim topishadi, chunki ularning o‘ziga uy sotib olishga puli yo‘q edi. Yillar sayin yoshlar g‘orda o‘z hayotini qura boshladi, uni yotoqxona, oshxona, mehmonxona bilan jihozlashdi va kichik fermer xo‘jaligini tashkil qilishadi.
Gazetaning yozishicha, ularning g‘ordagi turmushi davomida to‘rt farzandi dunyoga keladi. Xitoy hukumati ularga yaxshi turar-joy taklif qiladi, biroq oilaning o‘z g‘orini tashlab ketish niyati yo‘q.
Lyan Tszifu va Li Suinning holati Xitoydagi birinchi hodisa emas. 2011 yilda jurnalistlar Guychjou viloyatidagi tog‘ g‘orida joylashgan qishloqqa e'tibor qaratdi. G‘or dengiz sathidan 1800 metr balandlikda joylashgan. G‘orda doimiy tarzda 100dan ortiq odam yashaydi. Bu yerda sport maydoni, uy hayvonlari uchun maydon bor. Avvalari maktab ham bor edi.
Biroq mamlakat hukumati maktablarni yopishga buyruq berib, Xitoy «g‘or odamlari jamiyati» emasligini aytib o‘tdi. Biroq ayrim manbalar qayd etishicha, Xitoyda hozirgacha 30 millionga yaqin inson o‘z qo‘li bilan jihozlagan g‘orlarda yashaydi.
Bundan tashqari, ko‘plab aholi orasida g‘or qimmat bo‘lmagan va ekologik toza uy hisoblanadi. Ayrim g‘orlar ijaraga beriladi, hatto sotiladi. Ularning narxi ba'zan o‘n ming dollargacha ko‘tariladi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

14:14 / 18.07.2025
“Bir o‘zi tarbiyalayotganlar”: Yolg‘iz onalar farzandlari uchun ikki barobar kuchli bo‘lishni qanday uddalashmoqda?

19:54 / 14.07.2025
5 daqiqalik budjet odatlari: oila bilan pulni boshqarishni o‘rganamiz

13:47 / 10.07.2025
Zaruratdan muvaffaqiyatgacha: Ayol uchun “Me‑time” qanchalik muhim?

14:56 / 01.07.2025