Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirish va himoya qilishda OAV o‘rnini oshirish borasida seminar-trening o‘tkazildi

13 sentabr kuni Toshkent shahridagi Wyndham mehmonxonasida Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamda Friedrich Ebery Stiftung (Fridrix Ebert) jamg‘armasi ko‘magida "Huquqiy davlat va fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining roli" mavzusida xalqaro seminar - trening o‘tkazildi.
Bu mavzuga O‘zbekiston respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston konstitutsiyasining 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda alohida e'tibor qaratgan edi. Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad:
- Jurnalistlar fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda qatnashishi va ularning roli borasidagi huquqiy bilimlarini oshirish;
- OAV orqali aholining huquqiy ongini shakllantirish;
- Joylarda ijtimoiy sheriklikni yaxshilash, aholi o‘rtasida huquqbuzarliklar oldini olish, huquqbuzarliklar sodir bo‘lganda ularni OAVda o‘z vaqtida, faktlarga asoslangan holda yoritish borasidagi munosabat samaradorligini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Seminarni Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori G.Bobojonova va Fridrix Ebert jamg‘armasining O‘zbekistondagi filiali direktori N.Rezyapova ochib berishdi va unda germaniyalik mutaxassis, Hamburg shahrining sobiq ma'muriyat sudyasi, Hamburg boshqaruv va politsiya oliy maktabi dotsenti doktor Gerd Veling, O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Nargis Qosimova hamda "Demokratiya va inson huquqlari" instituti direktori, yuridik fanlar nomzodi Sayyora Xodjayeva o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Mazkur loiha doirasida Jizzax, Guliston, Navoiy, Nukus, Qarshi, Buxoro, Samarqand, Termiz, Namangan, Toshkent shaharlarida seminar-treninglar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Muxbir: O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi Rustambek Eshbekov
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda
Jahon | 12:59
-
Dunyodagi eng qimmatbahosi. Hermès aktrisa Jyeyn Birkin uchun tayyorlagan sumka 10 mln dollarga sotildi
Jahon | 12:14
-
Qozog‘istonda o‘ta xavfli kasallik, 10 yillik vizadan mahrum qirg‘izlar va ruslarga berilmaydigan pasport
Jahon | 12:14
Mavzuga oid

16:35 / 25.05.2025
AQSh hukumati Pentagondagi jurnalistlar faoliyatini chekladi

21:26 / 12.12.2024
«Chegara bilmas muxbirlar»: 2024 yilda dunyoda 54 nafar jurnalist o‘ldirildi

19:56 / 13.10.2024
Venesuela hukumati jurnalistlarning xorijga chiqish pasportlarini tortib olayotgani ma’lum bo‘ldi

23:59 / 08.10.2024