Bill Klinton rafiqasining “xasta”ligi sabablarini ma'lum qildi

Foto: tvc.ru
Bill Klintonning hikoya qilishicha, turmush o‘rtog‘i, AQSh prezidentligi uchun demokratlar nomzodi Hillari Klintonning sog‘ligi kutilmaganda yomonlashganiga qattiq chanqash sababdir. Bu haqda, Bill Charli Rouzga bergan intervyusida ma'lum qilgan, deb yozmoqda Politico nashri.
«Bunday holatlar Hillari bilan ko‘p yillar mobaynida bir necha marotaba yuz bergan. Axir u AQSh davlat kotibi, senator bo‘lgan vaqtlarda, keyin ham juda qattiq mehnat qildi», — deya hikoya qilgan Bill Klinton.
Nashrning Klinton xonim atrofidagi manbaga asoslangan holda yozishicha, Hillarining o‘ta chanqagani uning o‘zini yomon his qilishi va yiqilishiga sabab bo‘lgan. Shu bilan birga, o‘pka shamollashi ham sog‘lig‘iga salbiy ta'sir ko‘rsatgan. Hillari hozir ham suv ichish borasida jamoasi bilan ko‘p tortishadi.
11 sentabr voqealariga bag‘ishlangan xotira marosimida ishtirok etgan Klinton o‘zini yomon his qilib, marosimni vaqtli tark etgan edi.
Mavzuga oid

15:58
Tirik va sog‘-salomat: AQShda 63 yil avval bedarak yo‘qolgan ayol topildi

21:51 / 05.05.2025
AQShni o‘z xohishi bilan tark etadigan noqonuniy migrantlarga 1000 dollardan pul beriladi

21:12 / 05.05.2025
AQSh narkokartellarga qarshi kurashuvchi idoralararo tuzilmani tugatmoqda

15:55 / 05.05.2025