Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Filippin prezidenti Obamaga qo‘pollik qilgani uchun uzr so‘radi

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte AQSh prezidenti Barak Obamaga qarata bildirgan fikrlari uchun afsusdaligini ma'lum qildi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar tarqatdi.
"Bu vaziyat matbuotning ba'zi savollariga qaytargan javoblarim natijasida yuzaga keldi... Biz bu izohlar AQSh prezidentiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum sifatida ko‘ringanidan afsusdamiz", deya Dutertening so‘zlarini keltiradi agentlik.
Duterte AQSh rahbarini "fohishaning o‘g‘li" deb atagandi. Bunga amerikalik siyosatchi Duterte saylanganidan keyin o‘tgan vaqt ichida 2 mingdan ortiq kishi hukumat harbiylari va politsiya qo‘lida halok bo‘lganiga e'tibor qaratib o‘tgani sabab bo‘ldi.
Shuningdek, Obama Xitoydagi "Katta yigirmatalik" sammiti vaqtida rasmiy Vashington mamlakatdagi giyohvandlik savdosi hamda jinoyatchilik Filippinga katta xavf solayotgani haqida gapirib o‘tgan.
Filippin prezidentining chiqishidan keyin Oq uy Laosdagi Sharqiy Osiyo sammiti doirasida Obama va Duterte uchrashuvini bekor qildi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20 / 22.07.2025
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01 / 22.07.2025
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54 / 22.07.2025
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18 / 22.07.2025
Mavzuga oid

10:57 / 22.10.2020
AQSh saylovlari: Obama Baydenni ilk marta ommaviy tarzda qo‘llab-quvvatladi

23:05 / 10.11.2017
Filippin prezidenti yoshligida qotillik sodir etganini tan oldi

10:43 / 08.03.2017
Tramp yana xato qildi: Obamani 113 nafar terrorchini ozod qilishda aybladi

19:34 / 07.03.2017