Misr YeI va Turkiya kelishuvini mamlakatdagi migratsion inqirozga sabab sifatida ko‘rsatdi

Misr hukumati Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasidagi muhojirlar masalasidagi kelishuvni mamlakatda qochqinlar oqimi keskin ortganiga sabab sifatida ko‘rsatdi va yuzaga kelgan inqirozga qarshi kurashda yordam miqdorini oshirishni talab qildi. Bu haqda EUobserver ma'lumotida aytilgan.
Misr Tashqi ishlar vazirining xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Hisham Badrning aytishicha, ayni vaqtda mamlakatda 5 mln muhojir to‘plangan, ulardan 500 minggi suriyaliklar. Uning aytishicha, har kuni o‘rtacha 800 kishi boshpana so‘rab murojaat qilmoqda.
"Siz Turkiya bilan kelishuv oqibatlarini ko‘rayapsizmi?", degan Badr yevrodeputatlarga.
U migratsion inqiroz Misrga har yili 300 mln dollar miqdorida zarar keltirishini ma'lum qilgan va Yevropa ittifoqi bu masalada mablag‘ bilan yordam taqdim etishi kerakligini aytgan.
"Biz kerakli yordamni olmayapmiz. Men sizning qo‘shnilaringizga 6 mlrd dollar taqdim etganingizni namuna sifatida keltirishni istamagan bo‘lardim", degan u Turkiyaga ishora qilib.
May oyida Misr qochqinlar uchun yangi tranzit yo‘nalishiga aylanishi mumkinligi haqidagi tashvishlar bildirilgandi.
Mavzuga oid

20:07 / 05.03.2025
Yevroparlamentda Vengriyani ovoz berish huquqidan mahrum etish va YeI armiyasini tuzish taklif qilindi

17:14 / 04.03.2025
Politico: YeI Vengriyaning e’tirozi sabab Ukrainaga 20 mlrd yevrolik harbiy yordam paketi ajratishni to‘xtatib qo‘ydi

12:21 / 27.02.2025
Donald Tramp YeI tovarlariga 25 foizlik bojlar joriy etilishini e’lon qildi

02:30 / 26.02.2025