Gigant shamol generatorlari parraklarini tashish jarayoni tasvirga tushirildi

Xitoyning China International Marine Containers kompaniyasi mutaxassislari gigant shamol generatorlari parraklarining tog‘li hududlarga qanday tashilishini ko‘rsatuvchi videoni tasvirga olishdi. Bir necha maxsus tayyorlangan yuk mashinalari 35 metr uzunlikdagi parraklarni aylanma yo‘llardan olib o‘tishmoqda. Video kompaniyaning Youtube kanalida taqdim qilindi.
Videoda General Electric kompaniyasining 1,5 megavattlik shamol elektron qurilmalari tasvirlangan. Ularning tarkibiy qismlari muntazam ravishda avtopoyezdlar yordamida tashiladi. Biroq Xitoy janubidagi Yunnan provinsiyasi tog‘larida bu murakkab jarayon juda g‘aroyib ko‘rinar ekan.
Shamol energiyasi ko‘p mamlakatlarda tez o‘sib borayotgan sohalardan biri hisoblanadi. 2015 yilda AQShda bunyod qilingan yangi elektr stansiyalarining deyarli yarmi shamol energiyasiga asoslangan. Ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari tarixiy maksimumga yetdi.

Mavzuga oid

12:26
Xitoy bojlardan ozod qilinadigan AQSh tovarlari ro‘yxatini tuzdi

10:31 / 30.04.2025
Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston yo‘nalishida yuk tashuvchilar ogohlantirildi

19:04 / 29.04.2025
Xitoydagi restoranda yuz bergan yong‘in oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

17:12 / 29.04.2025