Kobulda Amerika universitetiga hujum qilganlar yo‘q qilindi

Foto: Reuters
Afg‘oniston maxsus kuchlari mamlakat poytaxti Kobuldagi Amerika universitetiga hujum qilgan ikki nafar qurollangan kishini yo‘q qildi, deb xabar qilmoqda Reuters axborot agentligi.
«Otishma tugadi, kamida ikki jinoyatchi o‘ldirildi», — deyiladi xabarda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, «hozirda tozalash ishlari olib borilmoqda» va «tez orada boshqa tafsilotlar xabar qilinadi». Qayd etilishicha, jabrlanganlar orasida xorijliklar yo‘q.
Avval xabar berilganidek, Kobuldagi Amerika universitetiga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida kamida bir nafar talaba halok bo‘lgan.
Mavzuga oid

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

10:36 / 03.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi

17:11 / 24.02.2025