Yamalda sharli chaqmoq yosh bolaning umriga zomin bo‘ldi

Rossiyaning Yamal aholi punktida 7 yoshli bola sharli yashin urishidan halok bo‘ldi, deb xabar qilinmoqda Rossiya Tergov Qo‘mitasining Yamal-Nenets muxtor okrugi bo‘yicha Tergov boshqarmasida.
Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, fojia 17-avgust kuni Priuralskiy tumani Nyayaruy-Salya qo‘rg‘onida sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, chodirga kirib kelgan sharli chaqmoq uning ichida portlagan. Natijada 7 yashar o‘g‘il bola halok bo‘lgan.
Chodir ichidagi 12 va 16 yoshli qizlar ikkinchi va uchinchi darajali kuyish bilan jabrlangan. Ular Salexard okrug shifoxonasiga keltirilgan. Ayni holat bo‘yicha tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid

15:23 / 29.03.2025
“Gold terapi” ishi: Xayrulla Qosimov va boshqalar ustidan tergov boshlandi

07:31 / 18.03.2025
Qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

11:21 / 06.02.2025
Tergov sudyalari ish boshladi. Endi prokurorlar sanksiya olishga qiynaladimi?

13:30 / 23.01.2025